SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Yahudiy yozuvchisi Zinger (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis tavallud topgan kun
1904-07-14

Yahudiy yozuvchisi Zinger (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis 1904 yil 14-iyul kuni Polshaning Radzimin shahrida dunyoga keladi. Kelib chiqishi polshalik bo’lgan Zinger 1935 yildan AQSHda istiqomat qila boshlagan. “Goredagi Iblis” (1935 yil), “Gimpel – ahmoq” (1956 yil), “Qisqa juma kuni”(1965 yil), “Tabaqa” (1965 yil), “Kafkaning do’sti va boshqa hikoyalar” (1969 yil), “O’choq oldidagi hikoyalar”(1971 yil), “O’yina va boshqa hikoyalar”(1975 yil) va boshqa hikoyalar to’plamlarining muallifi. “Moskat oilasi” (1950 yil ), “Qul” (1957 yil), “Lublinlik ko’zbog’lovchi” (1965 yil), “Qo’rg’oncha” (1975 yil),”Shosha” (1981 yil) romanlar yozuvchisidir. Zinger nasriga xos xususiyat shuki, u o’z qahramonlarini ko’pincha mubolag’ali holatda tasvirlaydi, aql bovar qilmaydigan mazmun hamda murakkab shakllar uning asarlarida yetakchilik qiladi. Zinger 1978 yilda Nobel mukofoti lauriati bo’lgan. Yozuvchi 1991 yil 24 iyul kuni AQSHning Mayami shtatida vafot etadi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan