
Biolog-batanik olim Abdumavlon Abdullayev Abdullayevich 1930 yil 13 –
iyul kuni Namangan viloyatining Pop tumanida tavallud topgan. 1952 yilda O’rta
Osiyo unversitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan. 1957-1967
yillarda O’zbekiston FA O’smliklar eskperimental biologiyasi (hozirgi Genetika
va o’simliklar eksperimental biologiyasi) insititutida ilmiy xodim, 1967 yildan
labaratoriya mudiri, 1971-1982 va 1985-1989 yillarda direktor, 1997-1998
yillarda O’zbekiston FA qishloq xo’jaligi fanlari bo’limi raisi bo’lib faoliyat
olib borgan. Olim ilmiy ishlari seleksiyasida g’o’zaning yaqin qarindosh va
geografik uzoq yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, g’o’zaning
filogenetik sistematikasi muammolariga bag’ishlangan. Abdumavlon Abdullayev
g’o’za yovvoyi turlarining kariologiya evolutsiyasi nazariyasini asoslab berdi.
G’o’zaning yovvoyi turlarini yig’ish bo’yicha uning kelib chiqish markazlari
bo’lgan 1975 yilda Meksika, 1984 yil Peru, 1989 yil Seylon, Hindiston, Xitoy,
1997 yil Avstraliyaga uyushtirilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qildi. Olim
1995 yilda O’zbekiston FA akedemigi va 1980 yilda O’zbekstonda xizmat
ko’rsatgan fan arbobi, professori unvonlariga sazovor bo’ldi.
Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2000.