SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Rus yozuvchisi, publistist, jamoat arbobi Vladimir Korolenko Galaktionovich tavallud topgan kun
1853-07-15

Rus yozuvchisi, publistist, jamoat arbobi Vladimir Korolenko Galaktionovich 1853 yil 15 iyul kuni Jitomir shahrida tug’ilgan. Uning ilk hikoyasi “Izlovchi hayotidan lavhalar” 1879 yil, “Maftunkor” 1880 yil, “Fydor” 1885 yil, “Ko’r muzikachi” 1886 yil, “Cherkas” 1888 yil, “Ot dovon” 1892 yil, “Gung” 1895 yil, “Shu’lalar” 1901 yil singari hikoya va qissalarida zulm, zo’ravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni bo’lgan mazlumlar qismati aks etgan. “Zamondoshim tarixi” 1922 yil  avtobiografik asari va boshqa asarlarida demokratiya va gumanizm g’oyalari ilgari surilgan. 1920 yil Lunacharskiyga yozgan maktublarida (“Новый мир” (“Yangi dunyo”) jurnali, 1988 yil 10- soni Moskva) Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida g’azab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning o’ldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi ko’pgina tillarga, jumladan o’zbek tiliga ham tarjima qilingan. Yozuvchi 1921 yil 25 dekabr kuni Poltava shahrida vafot etdi.  

                                                                                               Ma’lumot: O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi.Toshkent. 2001.                                                       


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan