SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2627282930 
Norveg qutb sayyohi Rual Amudsen tavallud topgan kun
1872-07-16

Norveg qutb sayyohi Rual Amudsen 1872 yil 16 iyulda dunyoga kelgan. U 1903 – 1906 yillarda “Yoa” kemasida Shimoliy-g’arbiy dengiz yo’li orqali Gerlandiyan Alyaskaga o’tdi. Kanada Artikasidagi King – Vilyam orolida 2 yil davomida muhim geomagnit kuzatishlar o’tkazdi. Sayyoh 1904 yil Butiy-Feleks yarim orolida Shimoliy magnit qutbini tekshirdi va shu atrofdagi 100 ga yaqin orollarni birinchi bo’lib xaritaga tushirdi. 1911 yil “Fram” kemasida Antartikaga ekspeditsiya uyushtirdi. O’sha yili 14 – dekabrda tarixda birinchi bo’lib (R.Skottdan bir oy oldin) Janubiy qutbga yetb bordi va u yerdan qaytishda Qirolicha Mod tog’ tizimini (balandligi 4500 m.) kashf etdi. Rual Amudsen 1926 yil 12-13-mayda birinchi marta Artika ustidan “Norvegiya” dirijablida Shpisbergen – Shimoliy qutb – Alayska mashruti bo’yicha uchib o’tdi. 1928 yilda Umberto Nobile ekspeditsiyasi halokatga uchragach, sayyoh ekspeditsiyachilarga yordam ko’rsatish uchun 18 iyunda gidrosamolyotda uchib borayotganda u ham Barens dengizida halokatga uchrab bedarak yo’qolgan. Rual Amudsen o’z sayyohatlari haqida bir necha asar yozgan. Sayyohning rus tilida: 1927 yil L.Elsvort bilan birgalikda yozilgan “Muz okeani ustidan uchib o’tish”, 1929 yil “Mod” kemasida Osiyoning shimoliy sihili bo’ylab ekspeditsiya, 1937 yil “Janubiy qutb”, 1936 – 1939 yilda 5 jildlik asarlar to’plami,  1959 yil “Mening hayotim” va boshqa asarlari bosilib chiqqan. Antarktida yaqinidagi bir dengiz va Amerika qutb stansiyasi (Amundsen-Skott) hamda tog’ tizmasi, qo’ltiq, suv osti soyligi (Shimoliy Muzlik okeanida) Rual Amudsen nomiga qo’yilgan.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.Toshkent. 2000. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan