
Rus musiqashunosi va kompozitori Boris Vladimirovich Asafev 1884 yil 17
iyulda Peterburgda tavallud topadi. 1908 yilda Peterburg unversitetini va 1910
yilda Peterburg konservatoriyasini tugatgan. 28 balet, 11 opera, 4 simfoniya va
boshqa asarlar yaratgan. 1947 yilda musiqa tarixiga oid asarlar (“Glinka”
kitobi), musiqa (xususan intonatsiya)
nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar (jumladan
1971 yil “Musiqa shakli jarayon sifatida” 2-nashri) muallifidir.
Turkiston xalqlari, xususan, o’zbek, qozoq musiqasini ilmiy tahlil etgan. U o’zbek musiqa merosi haqida ( 1940 yil “Oshiq
G’arib” baletini yaratish jarayonida, 1939 yil 2 jildlik “O’zbek xalq
qo’shiqlari” bilan tanishganidan so’ng)
qimmatli fikrlar bildirgan. Kompozitorning asarlari (“Boqchasaroy
favvorasi”) o’zbek sahnasida qo’yilgan. 1943 akademik unvoniga ega bo’lgan.
Kompozitor 1949 yil 27 yanvar kuni Moskva shahrida vafot etadi.
Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.