SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Noyabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829  
Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlandi
1983-09-01

2009 yil 2-10 aprel kunlari YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan yubiley tantanalari bo’lib o’tdi. 2009 yil 26-27 mayda Toshkent shahrida “Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi. 2009 yil 1-sentyabrda YuNESKO ishtirokida Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahrining 2200 yilligi oldidan Mamlakatimiz poytaxtida juda katta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shaharning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga doir belgilangan tadbirlar amalgam oshirildi. Jumladan, Toshkentning qadimgi Mingo’rik shahar xarobasining qoldiqlari konservatsiya qilindi; Ko’kaldosh madrasasining kirish peshtoqi va old qismi sathi, Suzukota maqbarasi ta’mirlandi; “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilishining 2-navbati tugallandi; Yoshlar ijod saroyi, Toshkent Islom universitetining yangi o’quv binosi qurildi; “Paxtakor” markaziy stadioni to’la rekonstruksiya qilindi; Amir Temur shohko’chasi, Abdulla Qodiriy, Parkent, Shahrisabz, Taraqqiyot ko’chalarida keng ko’lamda rekonstruksiya ishlari olib borildi, Toshkent shahar markazida eng muhtasham “O’zbekiston” anjumanlar saroyi qad ko’tardi va shaharning yangi kuranti qurildi.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan