SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Ingiliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtorochisi Robert Huk tavallud topgan kun
1635-07-18

Ingiliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtorochisi Robert Huk 1635 yil 18 iyul kuni Uayt orolida dunyoga keladi. Huk havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, ko’zguli teleskop, shamol kuchini o’lchaydigan va boshqa asboblarni takomillashtirgan. O’simlik va hayvonot to’qimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan (“hujayra” so’zini fanga Xuk kiritgan.) Huk Gyugens bilan birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Elastik jismlarga qo’yilgan kuch bilan uning deformatsiyasi orasidagi bog’lanish qonunini kashf etgan. Huk osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mutanosib ekanligi, sayyoralar elliptik orbital bo’yicha harakatlanishi aniqlagan. Yorug’likning to’lqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan. Olim 1703 yil 3 martda Londonda vafot etadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan