SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2627282930 
Fransuz rassomi, haykaltarosh va impressionizmning yetuk namoyondasi Dega Ilyer Jermen Edgar tavallud topgan kun
1834-07-19

Fransuz rassomi, haykaltarosh va impressionizmning yetuk namoyondasi Dega Ilyer Jermen Edgar 1834-yil 19-iyul kuni Parijda dunyoga keladi. U 1855-1856-yillarda Parijdagi nafis san’at maktabida ta’lim olgan. 1854-1859-yillar Ilk uyg’onish davri san’atini o’rgangan. Dega hayotni, zamonaviy shaharni va uning ko’chalari, maydonlarini, odamlari (holati, kayfiyatlari)ni o’ta sezgirlik bilan butun go’zalligi va tabiiyligini haqqoniy aks etirgan. Dega asrlari nozik va aniq rasmi, shahllarni kutilmagan tarzda berilishi bilan ajralib turadi. ( “Qahvaxona ayvonidagi ayollar” 1877-yil, “Yulduz” 1878-yil, “Moviy raqqosalar” 1880-1890-yil va  boshqalar.) 1880-yillar oxiridan haykaltaroshlikda ijod qilgan, raqqosalar, cho’milayotgan ayollar, otlar va boshqa shakllarda lahzalik harakat, holatni nafis ifodalashga erishgan. Rassom 1917-yil 27-sentabrda Parijda olamdan o’tadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan