SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Asaka avtomobil zavodi tantanali ochilish kun
1966-07-19

“OzDEUavto” kompaniyasi - O`zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to`ng’ich korxonasi.  Korxona O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan qurilgan. Zavodning ishga tushirilishi tufayli O`zbekiston jahonda o`z avtomobil sanoatiga ega bo`lgan 28 mamlakat qatoridan o`rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996 yillarda qurilgan. Avtomobil zavodi o`rta klassdagi dvigateli sig’imi 1500 sm3 bo`lgan “Neksiya”, o`ta kichik klassdagi yonilgi kam sarflovchi, dvigateli sig’imi 800 sm3 “Tiko” yengil avtomobillari hamda furgon tipidagi yetti o`rindiqli, dvigateli sig’imi 800 sm5 bo`lgan “Damas” miniavtobuslarni ishlab chiqaradi. “Damas” miniavtobuslari 1996 yil 25 martdan, “Tiko” 1996 yil iyun oyining o`rtalaridan, “Neksiya” avtomobili esa 1996 yil iyul oyining o`rtalardan ishlab chiqarila boshlandi.  Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg’or avtomatika va texnologiyalardan iborat. “O`zDEUavto” kompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatdir. Muassislari: O`zR hukumati nomidan “O`zavtosanoat” uyushmasi va Koreya Respublikasining “DEU” korporatsiyasi. Aksiyalari hissasi 50% ga 50% bo`lib, investitsiyalarning umumiy hajmi 650 mln. AQSh dollariga teng. Kompaniyani tuzish to`g’risidagi Ta'sis shartnomasi 1992 yil 29 avgustda imzolangan,  zavod qurilishi esa 1994 yil boshlarida boshlangan.  1996 yil 19 iyulda zavodning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Qo`shma korxonaning umumiy maydoni hududi 55 ga. Asosiy sexlar yagona binoda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 16 ga ni ishg’ol qiladi. Binoning tepa qismlarida ham avtomat boshqaruvidagi ulkan konveyrlar ishlab turadi. Avtomobil yaratishning dastlabki jarayoni asosan bosma (press) sexidan boshlanadi. Janubiy Koreyadan keltirilgan metall o`rami (avtostal)dan shu sexda avtomobil “bichiladi”. Buni Yaponiyaning “Komaku” firmasining 500, 800, 1000 t li presslari bajaradi. Mashinalar konveyrlari payvandlash sexiga o`tadi. Bu sexda ishni asosan Shvetsiyadan keltirilgan robotlar bajaradi. Robotlarni bir necha ishchi kompyuter orqali boshqaradi. Mashinalar bo`yash sexiga tushib, bo`yalib chiqadi, so`ng yig’uv sexiga o`tadi. Bu sexda mashina detallari joy-joyiga qo`yiladi. Tayyor bo`lgan avtomobillar sinalib, zavod eshigidan chiqariladi. Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Kozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho`'ba korxonalari ochilgan.

 Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan