SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq shoiri Boyqobilov Barot Tillayevich tavallud topgan kun
1937-03-14

Boyqobilov Barot Tillayevich  (1937.14.03, Urgut tumani Kenagas qishlog’i) – O’zbekiston xalq shoiri (1997), SamDU filologiya f-tini tamomlagan (1962). O’zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti (1962-1963), yoshlar gaz. (1963-1968), bolalar adabiyoti nashriyoti (1968-1974)da muharrir, bo’lim mudiri, bosh muharrir o’rinbosari. Partiya va hukumat idoralarida xizmat qilgan (1974-1990). «Muloqot» jur. bosh muharriri (1991 yildan). Boyqobilov Barotning «Samarqand satrlari» (1962), «Visol» (1965), «Seni izlayman» (1968), «Samarqand ushshog’i» (1969), «Afrosiyob» (1970), «Kim sokin yashaydi O’zbekistonda» (1990) va boshqalar, she'riy to’plamlari, bir nechta dostonlari nashr etilgan. Uning «Kun va tun» (1968) she'riy qissasida Boburning badiiy obrazi o’zbek adabiyotida ilk bor namoyon bo’ldi. Keyinchalik Boyqobilov Barot Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Shukuhli karvon» (1981), «Notinch Xuroson» (1985), «Sokin Xurson» (1992) va «Qonli Xuroson» (1992) dostonlarini, «Hayrat ul-Ahror» (1997) she'riy romanini e'lon qildi. So’ng ular asosida besh dostondan iborat «Yangi xamsa»ni (1998) va «O’zbeknoma» (1999) she'riy romanini yaratdi. Boyqobilov Barot o’zbek she'riyatida sonet janrining ravnaq topishiga katta hissa qo’shdi. B. Petrarka, V. Shekspir, P. Ne. ruda, R. Hamzatov sonetlarini, o’zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan