SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2019
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222324
262728293031 
Guliston davlat universiteti tashkil etilgan
1992-03-15

GULISTON UNIVERSITETI, G'afur G'ulom nomidagi Guliston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurti. O'zR Prezidenti farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Sirdaryo ped. iniversteti (1966 yil asos solingan) negizida Guliston shahrida tashkil etilgan. 1966 yil 17 iyulda G'afur G'ulom nomi berilgan. Universtetida filol., fizika-mat., tarix, ped., tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qo'shimcha ta'lim fakultlari, 23 kafedra, 19 ilmiy va o'quv lab., ustaxona, gerbariy, botanika bog'i, zool., tarix va adabiyot muzeylari, ma'naviyat xonasi, sport maydoni va zali, til o'rganish markazi, biznes maktabi, kutubxona (330 mingdan ortiq asar saqlanadi), Xo'jamushkent o'quv dala amaliyotlari bazasi, Navbahor o'quv tajriba uchastkasi mavjud (2001). Universtet qoshida 2 akademik lisey va malaka oshirish instutiti, bosmaxona ham bor. Gaz. vajur. nashr etadi. Internet asosida 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markaz va o'quv yurtlari bilan aloqa qiladi. Universtet 20 ixtisoslik (o'zbek filol.si, rus filol. si, ingliz tili va adabiyoti, qozoq fi- lol.si, tarix, davlat huquqi, mat., amaliy mat. va informatika, fizika, kimyo, biol., ekologiya, ped. va boshlang'ich ta'lim uslubi, chizmachilik va tasviriy san'at, umumiy texnika va mehnat, qishloq xojalikni mexanizasiyalashtirish, jismoniy madaniyat, iqtisod, agrokimyo va tuproqshunoslik, buxgalteriya hisobi va audit) bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1993 yildan aspirantura faoliyat ko'rsatadi. Universtetida 7 yo'nalish bo'yicha aspirant, 5 yo'nalish bo'yicha magistrlar tayyorlanadi. 2001-2002 o'quv yili unverstetida 2664 talaba ta'lim oldi, 200 dan ortiq o'qituvchi, jumladan 10 fan d-ri va prof., 100 dan ortiq fan nomzodi va dosent ishladi. Universtet faoliyati A. Parpiev, A. Kattabekov, U. O'ljaboev, A. Quljonov, H. Qarshiboev, Sh. Niyozov, G'. Samadov, R. Mahmudov, V. Rahmonov, A. Pozilov, B. To'ychiboev, I. Axmetov, O. Ayupov, N. Mamadiyorov kabi prof.-o'qituvchilar nomi bilan bog'liq. Universtet SOROS, Adenauer, «Ustoz», «Umid», Aksels, Tasis kabi xalqaro jamg'armalar bilan hamkorlik qiladi. Universtetda turli yo'nalishlarda i.t. ishlari olib boriladi. 2002 yilgacha universtet 19934 mutaxassis tayyorladi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan