SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Mannonov Nazirullo Mannonovich tavallud topgan kun
1909-03-15

Mannonov Nazirullo Mannonovich (1909.15.03 - Toshkent - 1981.23.09) - olim, agronom, VASXNIL muxbir a'zosi (1970), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), Mehnat Qahramoni (1957). O’rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutini tugatgan (1933). Qishloq ilmiy tatqiqot institutining Oqqovoq sug’orish va agrotexnika markaziy ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1934- 1951). Toshkent viloyatidagi «Qizil O’zbekiston» raisi (1951-1958), Qishloq ilmiy tatqiqot institutining  direktori (1958-1961, 1966-1972), Qishloq xo’jaligi vaziri (1961-1962), Kuba hukumati huzurida bosh maslahatchi - tashkilotchi (1962- 1963), Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari - fan bosh boshqarmasi boshlig’i (1972-1977), 1977-1981 yillarda VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi dehqonchilik va kimyolashtirish seksiyasi raisi. Ilmiy ishlari tuproq mahsuldorligini oshirish, g’o’za-beda va don ekinlar almashlab ekishni o’rganish va joriy qilish, mineral o’g’itlar va bilan qo’llash masalalariga bag’ishlangan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan