SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston Qahramoni Narzulloyev Axmat Imidovich tavallud topgan kun
1956-03-15

Narzulloyev Axmat Imidovich (1956.15.03, Surxondaryo viloyati Denov tumani) - muhandis-texnolog, O’zbekiston Qahramoni (2003). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1979 yilidan Sari-osiyo tumanidagi Sharg’un g’isht zavodida katta ustalikdan boshlagan. 1981-1986 yillarda shu zavod direktori, Denov eksperimental ishlab chiqarish korxonasi direktor o’rinbosari (1986-1990), 1991 yilidan Denov tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan «Lochin» fermer xo’jaligi boshlig’i. Yaylovlari 100 gektar bo’lgan fermer xo’jaligida 2000-2003 yillarda qoramollar soni 1100 boshdan 1800 boshga yetkazildi. Go’sht va sut yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shuningdek, xo’jalikda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan molxonalar, sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar qurildi. 2000 yilda rentabellik darajasi 63%ni, 2003 yilda 175%ni tashkil etdi. Narzulloyev Axmat  tashabbusi va ko’magi bilan  bolalar sporti majmualari, zamonaviy vrachlik punktlari va kichik korxonapar qurilishi, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam kabi xayrli ishlar amalga oshirildi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan