Haykaltarosh Muxtor Musaboyev tavallud topgan kun
1929-11-21

Muxtor
Musaboyev Nabiyevich 1929 yil 21 noyabr kuni Farg'ona viloyatida tug'ilgan haykaltarosh, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1976). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1950-1955) va Toshkent teatr va rassomlik san'ati inistituti (1957-1963) da ta'lim olgan. Musaboyev ijodida realistik uslubga qat'iy amal qilgan holda kompozitsiyasi aniq, real nafis shakl, g'oyaviy yorqin asarlar yaratish, hayotiy lavhalar, mehnatkashlar qiyofasini tasvirlash alohida o'rin tutadi: Usta Shirin Murodov (marmar, 1964, Toshkentida), Ulug'bek (granit, 1968, Samarqandda), Beruniy (bronza, 1973, Toshkentda), Al-Xorazmiy (bronza, 1978-1981, Urganchda) portretlari, "Do'stlik" monumenti (bronza, granit, 1987, Nukusda) va boshqalar. (O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 6 tom)
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan Dilshoda The Tale of Tsar Saltan The Golden Cockerel Five little bears (Music)