SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Muqumiy nomidagi О'zbek davlat musiqali drama teatri o'z faoliyatini boshlagan kun
1939-11-30

Muqumiy Teatri, Muqumiy nomidagi O'zbek davlat musiqali drama teatri- O'zbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939 yil 30 noyabrda komik aktyor M.Mirokilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teart sifatida tashkil etilib, faoliyatni "Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (Hamza) spektakli (rejessyor M.Mirokilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat bo'lib, M.Mirokilov-badiiy raxbar, F.Umarov, B.Xo'jayev, A.Bakirov, M.Yokubova, M.Xolmuxamedov, A.Boltayev, O.Fayozova, A.Yusupov, U.Abdullayev, M.G'ofurov, M.Mirtolipov, Z.Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. 1940 yil teatr musiqali drama va komediya teatri nomi bilan qayta tashkil bo'ldi. T. Jalilov-badiiy raxbar, A.Azimov-bosh rejejssoy etib tayinlandi. 1972 yildan teatr O'zbek davlat musiqiy teatriga aylantirildi. 80-yillar oxiri-90-yillarning boshlarida teatr repertuarini ko'prok ertak va afsonalar egalladi. "Gul va Navro'z", "Yusuf va Zulayxo", "Tuyaqush va boyaqish", "Shayton va muridlar" kabilar shular jumlasidan. 1993-1994 yillar teatr repertuari "Bir kam dunyo" (T.Yunus, A.Yunus), "To'ylar muborak" (O'.Xoshimov, O.Muxtor; M.Maxmudov), "Toshkentga sayohat" (B.Darvesh; N.Xalilov) va boshqa musiqali komediyalar bilan boyidi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan