SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Nemis fizigi Gustav Lyudvig Gers tavallud topgan kun
1887-07-22

Nemis fizigi Gustav Lyudvig Gers 1887 yil 22 iyul sanasida dunyoga kelgan. U Myuxen va Berlin unversitetlarini bitirgan. 1954 yildan Leypsipdagi fizika insitituti direktori bo’lgan. Ilmiy ishlari spektroskopiyaga oid. J.Frank bilan hamkorlikda elektronlarning atomlar bilan to’qnashuviga doir tajribalar (1913 yil Frank-Gers tajribasi,) o’tkazgan. Retgen nurlarining yutilishi spektrini o’rgangan, diffuziya, elektron emissiya, gazlardagi razryadlar, plazma fizikasi, ultratovush, yarimo’tkazgichlarga oid qator tadqiqotlar olib borgan. 1925 yilda (J.Frank bilan hamkorlikda)  Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Fizik 1975 yilda Gamburg shahrida vafot etgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2001


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan