SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Nukus davlat pedagigika instituti qayta tashkil qilindi.
1990-09-01

Nukus pedagogika instituti, Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1943 yil Qoraqalpog’iston davlat o’qituvchilar instituti (1943) negizida Qoraqalpog’iston pedagogika instituti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab To’rtko’l va Chimboyda bo’lgan. 1945 yildan Nukus shahrida. 1976 yil institut Qoraqalpog’iston universitetiga aylantirilganligi munosabati bilan u tugatildi. 1990 yil hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. 1993 yildan Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li nomi bilan atalgan. Institutda 11 fakultet (qoraqalpoq tili va adabiyoti; tabiatshunoslik; filologiya; rus-ingliz filologiyasi; musiqa, tasviriy san’at va chizmachilik; tarix-geografiya; matematika-informatika; boshlang’ich ta’lim metodikasi; maktabgacha tarbiya; muhandislik-pedagogikasi; jismoniy tarbiya), magistr bo’limi, 35 kafedra, 38 kabinet, 13 labaratoriya, 3 lingafon kabineti, 215 kompyuter sinfi, kichik bosmaxona, 7 internet tarmog’i, 2 elektron kutubxona, zamonaviy 2 sport zali, “Turon stadioni, 3 kutubxona, 4 ustaxona, o’quv tajriba xo’jaliklari, sog’lomlashtirish lageri, “To’maris” va “Ziuar” ansambllari bor. Kunduzgi bo’limda 20 yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 3 mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Institutda turli yo’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qiladi. Tashkil bo’lgandan beri 20 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2003).

 Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan