SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Tesha Xusainovich Mo'minov tavallud topgan kun
1949-11-25

Mo'minov Tesha Xusainovich (1949 yil 25 noyabr kuni Buxoro viloyatida tug'ilgan)- O'zbekiston xalq artisti (1992). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1970). 1968 yildan hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993-1996 yillar Madaniyat ishlari vazirining o'rinbosari. «Ajal minorasi» (A.Dyuma)dagi Orsiniy Mo'minovning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M.Karim, «Oy tutilgan tunda»), G'ofir (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Yo'lchi (Oybek, «Kutlug' qon»), Koriolon (U.Shekspir, «Koriolon»), Qor odam (T.Yunusov, «Qor odam»), Shayton (S.Imomov, «Shayton va farishta »), Shox Ma'mun (X.Rasul, «Piri Koinot»), Shpigelberg, Grimm (F.Shiller, «Karokchilar»), Piri zindoniy (M.Shayxzoda, «M.Ulug'bek»), Turdivoy (Uyg'un, I.Sulton, «A.Navoiy»), Soxibqiron (A.Oripov, «Soxibqiron Amir Temur»), Jo'ra Azim («Bir qadam yo'l») kabi ro'llari bilan tanildi. M.Kinoda (Komil, «Kelinlar qo'zgoloni»da; Nurmuxammad, Qushbegi «O'tgan kunlar»da; rais, «Yolg'iz yodgorim»da va boshqalar), video va televizion filmlarda (Yo'lchi, «Qutlug' qon»da; Saltabadil, «Kirolning dil xushi»da; Sherzod Samandarov, «Nur borki, soya bor»da va boshqalar) ham ko'plab obrazlar yaratgan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).(O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 6tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan