SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Shoir va jurnalist Nazarmat Egamnazarov tavallud topgan kun
1917-11-07

Nazarmat Egamnazarov 1917 yil 07 noyabr kuni Tojikiston respublikasi Xujand viloyati Nov qishlogida tug'ilgan. Shoir, jurnalist. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. "Qizil O'zbekiston" (1947-54), "Toshkent xaqiqati" gazeta taxririyatida adabiy xodim, bo'lim mudiri (1954-85). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. "Yoshlik zavqi" (1941), "Vatan ishqi" (1949), "Yashil dalalar" (1955), "Sir bo'yi-Nur bo'yi" (1959), "Nay sadosi" (1965), "Bahor qo'shig'i" (1968), "Shahrimiz bolalari" (1970), "Mangu olov" (1972) she'riy to'plamlari muallifi. Ko'plab she'rlari qo'shiq bo'lgan. "Yurakdagi o'q' dostoni (1965) va "Sayyod jasorati" qissasi (1973) 2-jahon urushi mavzuida. A. Firdavsiy, X. Dehlaviy, A. Jomiy, Bedil, M. Tursunzoda, Mirshakar va boshqa shoirlarning asarlarini o'zbek tilida tarjima qilgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan