SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Rus shoiri Nikolay Aleksevich Nekrasov tavallud topgan kun
1821-11-28

Nikolay Nekrasov Alekseyevich (1821 yil 28 noyabr kuni Rossiyaning Podolsk guberniyasi Nemirov-Vinniskiyda tug'ilgan) rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida ta'lim olgan (1832-1837), Peterburg universitetida erkin tinglovchi bo'lgan (1839-1840). "Orzular va sadolar" (1840) nomli ilk she'rlar kitobi tanqidchilar tomonidan taqlidiy she'rlardan iborat to'plam sifatida baholangan. Nikolay 1841 yilda "Literaturnaya gazeta" va "Otechestvennye zapiski" jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham e'lon qilgan. Nikolayning "Vatan", "Yo'lda" (1845) she'rlari va "Ayoz" dostoni (1863)da boylar va kambag'al dehqonlar hayoti aks etgan. V.G.Belinskiy va uning maslakdosh do'stlari Nikolay dunyo qarashida xalqparvarlik qarashlarining paydo bo'lishida muhim ro'l o'ynadi. Bu hol Nikolayning "Sovremennik" jurnal noshiri va muxarriri bo'lgan vaqtda (1847-66), ayniqsa, yorqin namoyon bo'lib, mazkur jurnal inqilobiy-demokratik tafakkur minbariga aylandi. Qishloq mavzuidagi "Uy", "Kalistrat" she'rlari, "Dehqon bolalari" (1861), "Gazlamafurushlar" (1861) dostonlarida shoirning rus dehqoniga muxabbati aks etgan.
(O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 6 tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan