Nepal Qirolligi tashkil topgan kun
1990-11-09

Nepal Qirolligi (Nepal Adhirajya) Janubiy Osiyoda, Himolay tog'ining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 140,8 ming km.kv. Aholisi 25,87 mln kishi (2002). Poytaxti- Katmandu shahri. Ma'muriy jihatdan 14 zonaga, zonalar tumanlarga bo'linadi. Davlat tuzumi konstitutsiyali monarxiya. 1990 yil 9 noyabrda qirol tomonidan e'lon qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig'i – qirol (2001 yildan Gyanendra Bir Bikram Shox Dev). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Milliy kengash), ijroiya hokimiyati qirol va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.