SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Hindiston davlat va jamoat arbobi Neru Javoxarlal tavallud topgan kun
1889-11-14

Neru Javoxarlal (1889 yil 14 noyabr kuni Hindistonning Olloxobod shaxrida tug'ilgan)-Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi. Milliy ozodlik kurashida Maxadma Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (XMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 yilgacha) ta'qib qilingan. 10 yildan ortik umri qamoqda o'tgan. Tarixda «Yangi Hindiston bunyodkori» nomi bilan mashxur. Neru 1947 yil 15 avgustda Dexlidagi mashxur Lal Kal'ada Hindiston milliy mustaqillikni ko'lga kiritganligini e'lon qilgan. Hindiston Respublikasi bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri (1947 yildan). Neru raxbarligida Hindiston xalq xo'jaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Neru Hindistonning tashqi siyosat asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarini hal etishda jonbozlik ko'rsatdi. Uning mustamlakachilik, irqchilikka qarshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qo'yish, xalqlar o'rtasida tenglik, do'stlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Neru 1955 va 1961 yilda qizi Indira Gandi bilan O'zbekistonga tashrif buyurib, o'zbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. Neru  «Hindistonning kashf etilishi» asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi: «Bobur dilbar shaxs, Uyg'onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo'lgan, u san'atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko'rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo'lib, ko'p yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan». (UzME.6T)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan