SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Xojiakbar Nurmatov tavallud topgan kun
1944-11-25

Xojiakbar Nurmatov  (1944 yil 25 noyabr kuni Toshkent shaxrida tug'ilgan) O'zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1968). 1966 yildan Hamza teatri (hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatri)da aktyor. "A.Navoiy" (Uyg'un, I.Sulton) spektaklidagi Mo'min Mirzo uning sahnadagi ilk obrazidir. Podkolyosin (N.Gogol, "Uylanish"), Frans Moor (Shiller, "Qaroqchilar"), Ibn-Sino (Uyg'un, "Abu Rayhon Beruniy"), Protasov (L.Tolstoy, "Tirik murda"), Nodir (E.Vohidov, "Oltin devor"), Oq yigit (M.Karim, "Oy tutilgan tunda"), Gloster (Shekspir, "Qirol Lir"), Kuyov (U.Nazarov, "Oyna"), Sodik (U.Umarbekov, "Qiyomat qarz"), erkak (Sh.Boshbekov, "Taqdir eshigi"), Iskandarning otasi (A.Navoiy, "Iskandar") va boshqalar teatrdagi eng yaxshi rollaridan. Videofilmlar: domla ("Domla"), mayor Soliev («Shaytanat» va boshqalar) va kinoda ham bir qancha rollar o'ynagan: Ravshan («Yigit va qiz»), Doni Islomovich ("Bir muddatli daho"), Maxmud ("Farishta olov ichra"), Karimov ("Abdullajon"), Uka ("Kichkina tabib"), Alisher ("Osmondagi bolalar"), Murod aka ("Kalish"), Aka ("Notanish polvon"), Tergovchi ("Tuxmat") va boshqa 2000 yaqin film ("Ishdagi ishq", "Olovni bo'ysundirish", "Bobbi", "Polshox", "Qiro Lir", "Ivan Vasilevich o'z kasbini o'zgartiradi", "Dallas", "Maxabxarat" va boshqalar) dublyajida qatnashgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan