SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Dramaturg Oydin tavallud topgan kun
1906-11-20

Oydin (taxallusi, asl ism-sharifi Sobirova Manzura) 1906 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Yozuvchi, dramaturg. Xotin-qizlar bilim yurti (Inpros)da (1919-1923) va Samarqand pedakademiyasida (1927-1931) o'qigan. O'zdavnashrda bo'lim boshlig'i (1931), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas'ul kotib (1932-1937). "Yorqin hayot" jurnali muxarriri o'rinbosari (1938-1941), O'zbekiston Radio qo'mitasida adabiy eshittirishlar bo'limi mas'ul muxarriri (1941-1945), "O'zbekiston xotin-qizlari" jurnal bosh muxarriri (1946-1953). Ilk she'rlar to'plami "Tong qo'shig'i" (1931) va "Chechak gullar" (1932)da o'zbek ayollarining hayotda tutgan o'rni, qadr-qimmati va o'ziga xos xarakterini realistik bo'yoqlarda tasvirlagan. "Chaqaloqqa chakmoncha" (1939), "Qizlarjon" (1943), "Shirin keldi" (1944), "Mardlik-mangulik" (1947), "Hikoya va ocherklar" (1952), "Hikoyalar" (1954) kabi kitoblari o'zbek hikoyachiligining eng yaxshi namunalaridir. U 1953 yil 30 may kuni vafot etgan. (O'zbek Milliy Ensiklopediyasi 6 tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan