SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
67891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Rassom Otaxon Ollaberganov tavallud topgan kun
1947-11-17

Otaxon Ollaberganov (1947 yil 17 noyabr kuni Turkmanistonning Toshxovuz viloyati Ilyoli tumanida tug'ilgan)-Teatr rassomi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1981), O'zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi (2003). Toshkent teatr va rassomlik san'ati inistitutini tugatgan (1974). 1975 yildan Ogaxiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrida bosh rassom. Ilk bor Muqimiy teatri spektakllariga (E.Sobitovning "Hijron", F.Musajonovning "Olifta", 1973) dekoratsiyalar yaratdi. Otaxon eskizlarda yaratilgan badiiy g'oyani sahna bezaklariga to'liq ko'chirishga erishdi. "Beruniy" (Uyg'un, 1976), "Nurxon" (K.Yashin, 1977), "Platina" (Omon Matjon, 1977), "Maysaraning ishi" (Hamza, 1983), "Yagona guvoh" (K.Omarov, 1985), "Tobutdan tovush" (Abdulla Qahhor, 1986, Toshkent satira teatrida), "Jaloliddin" (E.Samandarov, 1987) va boshqa spektakllarni badiiy bezagan. Shuningdek, Otaxon qadimiy Xiva, Urganch manzaralari aks ettirilgan yirik polotnalar muallifi: "Eski shahar" turkumi (1977), "Birinchi o'qituvchi" (1978) va boshqa "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan