SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Surxondaryo viloyatidagi Oltinsoy tumani tashkil topgan kun
1981-11-23

Oltinsoy Tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1981 yil 23 noyabrda Sho'rchi va Denov tumani qismlaridan tuzilgan. Viloyatning Denov, Boysun, Sho'rchi, Qumqo'rg'on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 km.kv. Aholisi 116,9 ming kishi (2003). Tumanda 9 qishloq fuqarolar yig'ini (Vaxshivor, Dugoba, Mirshodi, Oltinsoy, Oqarbuloq, Oqoltin, Xujasoat, Chep, Karluk)bor. Tuman markazi-Karluk qishlog'i. Tabiati. O.T.Surxondaryoning Shimol qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. G'arbiy chekkalari Keragotog' etagiga tutashib ketadi. Tuman markazidan Oltinsoy daryosi, shimoldan janubga tomon Xazarbog' kanali oqib o'tadi. Balandligi 400-700 m. Axolisi, asosan, o'zbeklar, tojiklar, rus,tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o'rtacha zichligi 1 km.kv.ga 209 kishi. Xo'jaligi. Tuman xo'jaligi asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Qishloq xo'jaligida bog'dorchilik asosiy o'rin tutadi. Ayniqsa, tokchilik rivojlangan. Paxta, don ekinlari, sabzavot, poliz ekinlari ham ekiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan