
Nemis astronomi, geodzisti va matematigi Fridrix Vilgelm Bessel 1784 yil 22 iyul sanasida Germaniyaning Minden shahrida dunyoga keladi. Astrometriya asoschilaridan biri. U 20 yoshligidayoq Galley kometasi orbitasini hisoblab chiqdi. Fridrix rahbarligida Kyonigsberg unversitetida rasadxona qurildi, u umrining oxirigacha shu rasadxona direktori bo’lib ishladi. Astronomning astrometrik o’lchashlar sohasidagi birinchi katta ishi 17 asr 40-50 yillari ingiliz astronomi J. Bradleyning yulduzlar jadvalini tuzish uchun bajargan kuzatish natijalarini qayta ishlashga bag’ishlandi va u 1818 yilda “Astronomiya asoslari” nomi bilan chop etildi. Fridrix Vilgelm Bessel 1821 -1833 yillarda Reyxenbax meridian doirasida 75000 yulduz o’rnini yuqori aniqlikda o’lchadi va “Kyonigsberg jadvallari”ni tuzdi. Matematik birinchilar qatorida yulduzlar parallaksini, shu bilan birga, ulargacha bo’lgan masofalarni aniqladi. U Sirius va Protsion yulduzlarni bir necha yil kuzatib, bu yulduzlarning yo’ldoshlari bor, deb faraz qildi. Uning taxminlari keyinchalik tasdiqlandi: 1862 yilda Siriusning, 1896 yilda Protsionning yo’ldoshi borligi aniqlandi. Astranom 1831 – 1841 yillarda rus olimi I.Y.Bayer bilan birgalikda Sharqiy Prussiyada trangulyatsiya ishlarini bajarib, meridianning bir darajasi uzunligini o’lchab Yer sferoidi elementini aniqladi. Bu element geodeziyada 100 yilga yaqin ishlatildi va Bessel elementi deb ataldi. Nemis astranomi 1846 yil 17 mart kuni Kyonigsbergda vafot etadi.
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.