SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Avsriyalik yozuvchi Elias Kanetti tavallud topgan kun
1905-07-25

Avsriyalik yozuvchi Elias Kanetti 1905-yil 25-iyul Bolgariyaning Ruschuk shahrida dunyoga kelgan.  Yozuvchining birinchi asari  - “Ko’r bo’lish” 1931-yil romanida tartibsiz, xarob dunyo manzaralari tasvirlangan, “To’y” 1932-yil, “Shuhratparastlik komediyasi” 1934-yil pyesalari va boshqa esselarida omma ruhiyati qonunlarini rivoyat shaklidan foydalangan holda ochib bergan.  1955-yil “Mahkum etilganlar” pyesasida Elias ijodining asosiy mavzularidan biri -  inson hayoti cheklanganligidan noroziligi bayon etilgan. Madaniy-falsafiy esselardan iborat “Omma va hokimiyat” 1960-yil kitobida Yevropa fashizmi ildizlarini ko’rsatib berdi. Bundan tashqari, yozuvchining maqola va hikmatli so’zlaridan iborat “Qaydlar” 1965-yil, “Inson viloyati” 1972-yil,  3 jildlik memuar kitobi “Qutqarilgan til”, “Quloqdagi mash’ala”, “Qarovchilar” va boshqa asarlari bor. Yozuvchi 1981-yil Nobel mukofoti laureati bo’lgan. U1994-yil 14-avgust kuni Shvetsariyaning Syurix shahrida vafot etdi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan