SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272930
O'zbekiston xalq hofizi Farhod Karimovich Davletov tavallud topgan kun
1957-11-24

Farhod Davletov Karimovich 1957 yil 24-noyabrda Xivada tug'ilgan. Xonanda, O'zbekiston xalq hofizi (2001), Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan artist (1995). Yoqimli, jozibali, keng ko'lamli ovoz sohibi, Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1985). Xonandalik san'ati sirlari va Xorazm maqom yo'llarini O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Y.Jabborov, R.Qurbonov va ayniqsa, R.Jumaniyozovlardan o'rgangan. 1980-1991 yillari Xiva tumanidagi turli ashula va raqs ansambllarida yetakchi xonanda, badiiy rahbar, Xiva shaxridagi 2- madaniyat uyi direktori. 1991 yildan Xiva tumani 2- qishloq madaniyati uyi hamda “Feruz” maqom ansamblining badiiy rahbari. Repertuaridan asosan “Rost”, “Dugoh”, “Segoh” kabi Xorazm maqom yo'llari va suvoralari o'rin olgan. Qozog'istonda o'tkazilgan O'zbekiston madaniyati va san'ati dekadasi qatnashchisi (1995), Gollandiyada gastrolda bo'lgan (1996). Respublika maqom ijrochilarining tanlovi laureati (3-o'rin, 1987), K. Otaniyozov nomidagi Respublika tanlovi g'olibi (1987).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan