SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Rus yozubchisi Fyodor Dostoevskiy Mixaylovich tavallud topgan kun
1821-11-30

Fyodor Dostoevskiy Mixaylovich 1821yil 30-noyabrda Moskvada tug'ilgan. Rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844 yildan boshlangan. Birinchi romani “Bechora odamlar”da (1846) xo'rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo'lgan “kichkina odamlar”ning qismati hikoya qilingan. “Qiyofadosh” (1846), “Oq tunlar” (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda. N.Dobrolyubov, V.Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy g'oyalariga mahliyo bo'lib qolgan Dostoevskiy 1847 yildan rus inqilobchisi va xayoliy sosialisti M.V.Petrashevskiy to'garagiga qatnashib, xayoliy sosializm g'oyasini qo'llab quvvatlaydi. Mazkur to'garakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib o'zgartirishga harakat qilgani uchun Dostoevskiy o'lim jazosiga hukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan so'ng, podsho Aleksandr II o'lim jazosini 4 yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (185-54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda bo'ldi (1854-59). 1859 yildan Peterburgda yashadi.Uzoq muddatli tutqunlik va surgun Dostoevskiy ijodida o'z ifodasini topadi, tushkunlik utivor mavzuga aylanadi. “Stepanchikov qishlog'i va uning aholisi (1859), “Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar” (1861), “O'lik xonadondan maktublar” (1861-62) asarlari jaholat botqog'iga botib, insoniy qiyofasini yo'qotgan ruslar hayotiga bag'ishlangan. Dostoevskiy akasi bilan hamkorlikda “Vremya” (1861-63), “Epoxa” (1864-65) jurnallarini nashr etadi.”Jinoyat va jazo” (1866), “Telba” (1868) romanlarida rus xalqining ma'naviy muammolari badiiy bo'yoqlarda yaqqol aks ettirilgan. “Jinlar” (1871-72), “O'smir” (1875) romanlarida esa rus “oqsuyaklari” tabaqasi, amaldorlari orasida ma'naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko'zlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani ko'rsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib bo'lmasligi e'tirof etilgan. “Og'a-ini” Karamazovlar” (1879-80) romanida jamiyat va shaxs o'rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojea o'z ifodasini topgan.Dostoevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publisistik pafosi bilan ajraladi. Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba” va boshqa asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan