SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Obid Jalilov tavallud topgan kun
1896-11-10

Obid Jalilov 1896 yil 10-noyabrda Toshkentda tug'ilgan. O'zbekiston xalq artisti (1939). Savodsizlikni tugatish maktabida o'qigan (1918-20). 1919 yildan o'zbek drama truppasi (1929)ning yetakchi aktyori. Aktyorlik mahorati intellektual psixologik yo'sinda shakllangan. Jalilov qahramonlari kuchli, o'z hissiyotlarini boshqara oladigan kishilar obrazi bo'lib, aktyor ularning ichki dunyosini lo'nda va ifodali talqin etdi. Har qanday katta-kichik obrazning g'oyaviy-falsafiy yo'nalishining ijtimoiy mohiyatini ochishga, qarama-qarshiliklarni hal qilishdagi o'rnini aniq belgilab olisha, butun diqqat e'tiborini, harakatlarini qahramonning maqsadini mantiqan isbotlashga, obrazni psixologik jihatdan chuqurlashtirishga intilgan, uni voqealar jarayonida muttasil, sahnama-sahna rivojlantirib borgan. Bemor (“Turkiston tabibi”), Podkolyosin (“Uylanish”) va boshqalar aktyorning sahnadagi ilk yirik obrazlaridir. 30- yillar Tolipov (“Niqob yirtildi”), Arslon, Po'latov (“Tor-mor”, “Nomus va muhabbat”) kabi rollari bilan tanildi. Eng yaxshi rollari: Komilov (“Navbahor”), Mavlon (“Shohi so'zana”), Solihboy (“Boy ila xizmatchi”), Majiddin (“Alisher Navoiy”), Klavdiy (“Hamlet”), Dikoy (“Momaqaldiroq”) va boshqa obrazlarida aktyor ijodining yangi qirralari namoyon bo'lib, salbiy obrazlar ustasi sifatida shuhrat qozondi. Jalilov milliy kino ravnaqiga ham ulkan hissa qo'shdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan