SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Yozuvchi Jid Andre Pol Giyom tavallud topgan kun
1869-11-22

Jid Andre 1869 yil 22 noyabr kuni Parijda tavallud topgan. Jidlar avlodi XVI-XVII asrlardagi fransuz protestantlariga borib taqaluvchi gugenotlardan bo'lgan. Otasi Pol Jid Parij universiteti professori, onasi Jyuletta kalvinizmga e'tiqod qo'ygan edi, u erining vafotidan so'ng qolgan umrini farzandi tarbiyasiga bag'ishladi. Parijdagi Ekol Alzasen qo'rg'onidagi protestantlar maktabida tahsil olgan chog'ida Andrea adabiyotga qiziqish uyg'ona boshlagan. U qadimgi grek adabiyotiga, onasi undovi bilan musiqaga ham ayricha mehr bilan o'sadi. Otasidan qolgan kattagina meros tufayli Andreda o'zini to'la adabiyotga baxshida qilish uchun barcha imkoniyat mavjud edi. 1891 yilda uning ilk kitobi “Andre Valterning daftari” bosmadan chiqan. She'r va she'riy proza uslubida yozilgan ushbu tarjimai hol asarining mavzusi tana va ruh o'rtasidagi kurash bo'lib, oxir-oqibatda bu kurash tanadan voz kechish bilan tugaydi. Sil kasaliga chalingan Jid harbiy xizmatga borishdan ozod bo'ladi va do'sti rassom Pol Alber Loranga 1893 yilda Shimoliy Afrika bo'ylab safarda hamroh bo'lishga qaror qiladi. 1895 yilga kelib uning “Botqoqlik” nomli hajviy asari bosilib chiqadi. Bu paytga kelib u butunlay sil kasalidan qutuladi va yana Shimoliy Afrikaga qaytib boradi. U Jazoirdagi Biskra shahrida Oskar Uaylld va lord Alfred Duglaslar bilan tanishadi. Onasining vafotidan so'ng, Andre xolavachchasi Madlen Rondoga uylanadi. Ular ko'p yillardan buyon bir-birlariga ko'ngil qo'yishgan edi. Afsuski ularning oilasida farzand bo'lmadi. Jid ilk bor shaxsiy mustaqil fikrini 1897 yilda yaratilgan “Zamin ne'matlari” kitobida izhor etgan. Yigirmanchi yillarga kelib “Zamin ne'matlari” Jidning eng mashhur asariga aylanadi, qolaversa, butun boshli yosh avlod yozuvchilariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. 1897 yilda xotini uni tashlab ketadi. Jid bu ayriliqni juda og'ir oladi. Madlen oilaning Normandiyadagi yer-mulkiga ko'chib ketadi. 1909 yilning fevral oyida “Nuvel revyu fransez” jurnalining tashkil etilishi ustida ish boshlangach, Jid bu og'ir depressiyani yengishga kuch topganday bo'ladi. Mazkur jurnal va uning ta'siri bilan tashkil etilgan “Gallimar” nashriyoti yosh iste'dod egalariga har tomonlama yordam berib keladi va Jidning ta'siri bilan uning sevimli yozuvchilari bo'lmish Dostoevskiy, Jozef Konrad, Uolt Uitmen, German Melvill asarlarining tarjimalari ham shu erda bosilib chiqadi. Ha, “Nuvel revyu fransez” ulkan shuhrat qozonadi. Ushbu tezkor muvaffaqiyatlar va asarlarining ommaviylashib ketishi Jidning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishiga xizmat qiladi, albatta. ”Vatikan er osti yo'llarida” romani Jid ijodidagi o'ziga xos burilishdan darak beruvchi asar bo'ldi.”Qalbaki pul yasovchilar” romani adibning Kongo safari arafasida tugatgan yirik asaridir. Ushbu kitob haqida ko'p talqinlar bor, ammo fransuz tanqidchisi Jan Itening quyidagi fikrlari bu borada boshqa mulohaza qoldirmaydi: “ Jidning o'zining butun borlig'ini namoyon etishiga intilgan ikki asari bor bular uning o'smirlikda yaratgan “Andre Valter”i va balog'atga yetgach yozgan “Qalbaki pul yasovchilar” romanlaridir”. Aynan mana shu romani bilan Jid xalqaro e'tirofga sazovor bo'ladi. Uni yigirmanchi asrning eng etuk yozuvchilari qatoriga qo'yadigan bo'lishdi. 1947 yilda Jid Oksford universitetining doktorligi faxriy unvoniga sazovor bo'ladi. Shu yili Shvetsiya akademiyasi “insoniy muammolarni haqiqatga bo'lgan qo'rqmas muhabbat bilan ko'tarib chiqqan, ular mohiyatiga chuqur ruhiy kirib bora olgan, badiiy jihatdan ahamiyati yuksak asarlari uchun ”yozuvchini adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlaydi. Sog'lig'i yomonlashgani sababli Jid taqdirlash marosimiga kela olmaydi. Uning Nobel ma'ruzasini Fransiyaning shvetsiyadagi elchisi Gabriel Pyuo o'qiydi. 1950 yilda Jid navbatdagi “Kundaliklar”ini nashr ettiradi. Fransiya adabiyoti bo'yicha mutaxassis Endi Starki Jid kundaliklari haqida gapirib shunday deydi: “... bu asarlar fransuz adabiyotining nodir namunalaridir...”. Jidni xotinining qabri joylashgan Kyuvervilga dafn etishadi. Vafotidan so'ng, ya'ni 1951 yilda uning yana bir asari “Endi ham senga intilaman” kitobi nashr etildi. (Nobel mukofoti laureatlari)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan