SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Jomiy tavallud topgan kun
1414-11-07

Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) 1414 yil 7-noyabrda Jomda tug'ilgan-fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bbolari asli dashtdan bo'lib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi “Dilkash” (Navoiy ma'lumotiga ko'ra “Nizomiya”) madrasasiga kirib, o'z davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qo'lida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal o'rgana boshlagan. Keyinroq o'z bilimini oshirish Samarqandga keladi va Ulug'bek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fikxshunos Qozizoda Fazlulloh Abullays kabilardan ta'lim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas. Riyoziyot, falakiyot, falsafa, huquqshunoslik fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur o'rganadi. Hirotga qaytgach, tasvvuf yo'liga kirishni, o'z bilimi va faoliyatini shu yo'lga va qolaversa, ijodga va ilm-fanga bag'ishlashni afzal ko'radi. U o'ziga pir qilib Shayx Sa'diddinn Koshg'ariyni tanlaydi. Jomiy Xurosonda temuriylardan Shohrux, Abulqosim Bobur, Abu Said va Husayn Boyqaro podshohligi davrida yashadi. Xurosonda Hirotaxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro o'tirgandan so'ng Jomiyning mamlakatdagi mavqeyi juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning avlodlari o'zlarini unga murid, deb e'lon qilganlar. Jomiy 1472 yilda hajga boradi. Jomiy Alisher Navoiy bilan birinchi marta Abu Said hukimronlig davrida Xiyobon mavzesida hamma qatori ko'rishan. Shunda Jomiy unga o'zining birinchi risolasini taqdim qilgan. 1476-77 yillarda Navoiy ham Jomiyni o'ziga pir, deb taniydi. Garchi Jomiyning yoshi Navoiydan ancha ulug' bo'lsa ham rasman pir hisoblansa ham mohiyatan ular chin do'st va hamkor bo'lganlar. Jomiy o'zining (“ Nafaxot ul-uns”, “Bahoriston” va boshqalar” bir qancha asarlarida Navoiyni, Navoiy ham o'z asarlari (“Xamsat ul-mutahiyyirin”, “Majolis un-nafois” va boshqalar)da Jomiyni hurmat bilan tilga oladi. Jomiy “Nafohot ul-uns”, “Risolai musiqi”, “Risolayi muammo” kabi o'ndan ortiq asarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Jomiy vafotidan sal burun lirik she'rlarini 3 devonga bo'lib, ularga “Fotixat ush-shabob” (“Yoshlikning boshlanishi”, “Vositat ul-iqd” (“O'rtadagi dur”), “Xotimat ul-hayot” (“Hayot xotimasi”), (1479-91) deb nom berar ekan, bunda Navoiy maslahatini e'tiborga olgan edi. Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir bo'lib turar ekan, o'z siyosiy va ijtimoiy faoliyatida Jomiydan maslahatlar olib turgan. Jomiy o'z asarlarini fors-tojik tillarida yozgan, arab tilini ham yaxshi bilgan. Xorazmlik tilshunos Ibn al-Hojibning arab til nahv (sintaksisi) haqidagi “Al-Qofiya” darsligiga 1492 yilda g'oyat yaxshi sharh bitgan. Bu kitob Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida so'ngi vaqtlargacha maktab va madrasalarda arab tilidan qo'llanma bo'lib keldi. Jomiydan ulkan va rang-barang adabiy va ilmiy meros qolgan. Ba'zi olimlar Jomiy asarlarining umumiy soni 100ga yaqin deb taxmin qiladilar. Jomiy asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san'at sohalariga hamda nazm va nasrning har xil janrlariga oid. Jomiyning ijodiy faoliyati ko'p qirrali bo'lsa ham u ko'proq genial shoir va mutaffakkir-olim sifatida tanilgan. Jomiy asarlariningbir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega bo'lib, ularda shoir islom dini va sharq falsafasining bir qator masalalarini o'z qarashicha talqin etadi, tasavvufning 15-asrdagi yirik arbobi sifatida o'z fikr–mulohazalarini bayon etadi. Bunga uning “Naqshi fusus” (“Ma'nolar naqshi”), “Shavohidi nubuvva” (“Payg'ambarlikka dalillar”), “Sharhi qasidai "Toiya", “Naqdi nusus”, “Xamriya”, “Naqshbandiya ta'limoti haqida risola”, “Haj qilish yo'lidagi risola” kabi bir qancha asarlarini shu guruhga kirgizish mumkin. Jomiyning falsafasini asosini tasavvufiy g'oyalar tashkil etadi. Uning tasavvurida Xudo jonli mavjudot bo'lmay, yorug' nur ko'rinishiga ega. Hamma narsani yaratgan Xudo go'zal ma'shuqaga o'xshagan bo'lib, minglarcha oynada turli qiyofa va ko'rinishda namoyon bo'ladi. U yunon faylasufi Plotinning jilolanish falsafasini davom ettiradi. “Yusuf va Zulayxo (1483), “Layli va majnun” (1484), “Salomon va Absol” (1479-80) dostonlari ishqiy mavzuda. “Xirotnomai Iskandariy” dostoni (1485) Nizomiyning “Iskandarnoma”siga taqlidan yozilgan. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Muhammad Rizo Ogahiy Jomiyning “Yusuf va Zulayho”sini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Adabiyotshunos va tilshunos olim sifatida ham Jomiyning xizmati ulkandir. U o'zining “Bahoriston” tazkirasida fors-tojik adabiyotining bir qancha namoyondalari va Navoiy haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Uning “Risolai aruz” asari aruz haqidagi eng mukammal qo'llanmalaridan biridir. Jomiy musiqa sohasida ham katta obro'ga ega bo'lib, “Naqshi mulla” asari muallifidir. Sharq musiqa ilmi tarixida Jomiyning “Risolai musiqa”si ham alohida o'rin tutgan. Jomiy o'zining musiqiy nazariy va musiqiy estetik qarashlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy va Abdulqodir Marog'iylarning mumtoz an'analarini davom ettirgan. O'zbekiston va Tojikistonning bir qancha jamoa xo'jaliklari, ko'chalar, maktablar Jomiy nomi blan ataladi. Samarqand shahrida Navoiy bilan Jomiy haykali o'rnatilgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan