SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Fransuz rassomi Pussen Nikola tavallud topgan kun
1665-11-19

Pussen Nikola 1665 yil 19 noyabrda Normandiyada tug'ilgan. Fransuz rassomi, 17-asr san'ati klassisizmining eng yirik namoyandasi. Qadimiy dunyo san'ati shuningdek Rafael Tisian manerizm rassomlari, bolonya maktabi ustalari asarlarini o'rgangan perspektiva shuningdek, anatomiya va matematika bilan shug'ullangan. 1612 yilda Parijga ko'chib o'tgan, keyinroq 1624-1640 va 1642 yildan Rimda ishlagan. Pussen tarixiy, mifologiya, madaniy va adabiy mavzularga bag'ishlangan asarlarida inson go'zalligi, aqli va olijanobligini tarannum etdi: “Rinaldo va Armida” (1625-1627), ("Xochdan olish” (1630), “Flora saltanati” (1632-1633). “Arkadlik cho'ponlar” (1650) va boshqalar 40-yillar oxiridan tabiatni tasvirlashga e'tiborni kuchaytirdi, manzara janrida ajoyib asarlar yaratdi (“Yil fasllari”, 1660-1664 va boshqalar), “Avtoportret” (1650)da inson sha'ni, vazminligi, mehnatiga ishonch mahorat bilan tasvirlangan. (O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 7-tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan