SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Karim Rahimov tavallud topgan kun
1917-11-06

Karim Rahimov 1917 yil 6 noyabrda Xiva shaxrida tug'ilgan. Raqqos, aktyor, Rejissor. O'zbekiston xalq artisti (1964). 2-jahon urushi qatnashchisi. Hamza teatri qoshidagi drama studiyasini tugatgan. (1937). 1937-90 yillar Ogahiy nomidagi Xorazm teatrida ishladi. U teatrda raqqoslik qilish bilan birga bir qancha spektakllarda esda qolarli obrazlar ham yaratdi: Dola, Hidoyatxon (Hamza, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”), Mansur (I. Sulton, Uyg'un, “Alisher Naviy”), Vurm (V.Shiller, “Makr va muhabbat”), Niyoz(Abdullaev “Shikoyatga o'rin yo'q”), Mulla Bashir (S.Jamol “Guli siyoh”), qirol (U.Shekspir, “Hamlet”, Imom (H.G'ulom, “Toshbolta oshiq”) va boqalar shular jumlasidandir. “Chin muhabbat” (O.Yoqubov), “Tog'a-jiyanlar” (R.Bobojon), “Paranji sirlari” (Hamza), “Oshiq G'arib v Shoxsanam” (A.Bobojon) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Xorazmning Qo'shko'pir, Yangiariq tumanlarida ansambllar tuzgan. 1991 yil 15 oktyabrda vafot etgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan