SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov tavallud topgan kun
1911-11-07

Nabi Rahimov 1911 yil 7 noyabrda Qo'qon shahrida tug'ilgan. O'zbekiston xalq artisti (1950). O'zbek davlat drama teatri qoshidagi drama studiyasida o'qigan (1929). 14 yoshidan Qo'qon teatri spektakllarida qatnashgan. 1929-94 yillar Hamza teatrida ishlagan. Rahimov xarakterli va hajviy rollarni alohida muvaffaqiyat bilan o'ynagan, lekin aktyor repertuarida dramatik fojiaviy obrazlardan tortib, lirik qahramonlargacha bor. Uning sahna obrazlarida milliy xalq teatri an'analari zamonaviy professional san'at tajribasi bilan uyg'unlashib ketgan. U yaratgan obrazlarda hozirjavoblik, o'tkirso'zlik, hazil va badihaga chapdastlik asosiy omil bo'lib, yorqin milliy kalorit, engil yumori, tashqi ko'rinishining aniq ifodasi, mukammal ijrosi bilan ahamiyatlidir. Rahimov garchi o'z faoliyatini komik va xarakterli aktyor sifatida boshlagan bo'lsada, keyinchalik mavjud yo'nalishlarning barchasidan eng yaxshi xususiyatlarni o'zlashtirish va o'z uslubiga singdirish yo'lidan bordi. “Xolisxon”da Norboyvachcha, “Ona”da Boltaboy, “Mehmonxona bekasi”da Rippofratta, “Revizor”da Xlestakov, “Uylanish”da Bobchinskiy, “Shohi so'zana”da Qo'ziyev, “Og'riq tishlar”da Marasul, “Hamlet”da Raert kabi obrazlarni 30-50 yillarda yaratdi. Ayniqsa “Otello”dagi Yago obrazi aktyor yaratgan nainki satirik tusli, balki kuchli ruhiy-dramatik kechinmalar namunasidir. Bo'riboy (“Tog'a va jiyanlar”), Bobo Kayfiy (“Mirzo Ulug'bek”), Shokir ota (“Qutlug' qon”), Olbeni (“Qirol Lir”) kabi obrazlar 60-yillarda yaratgan eng yaxshi psixologik kuchli rollardir. Rahimov o'zbek kinosi rivojiga salmoqli hissa qo'shganlardan: Aliyev (“Stadionda uchrashamiz”), Turdiyev (“Maftuningman”), Choyxonachi (“41-yil olmalari “), Bobo Kayfiy (“Ulug'bek yulduzi”), Shoqosim (“Qutlug' qon”), Usta Olim (“O'tgan kunlar”), Shoh (“Semurg'”), Safar bo'zchi (“Mehrobdan chayon”), Usta Boqi (“Kelinlar qo'zg'oloni”) va boshqa obrazlari bilan kino oltin fondidan o'rin olgan. Shuningdek, vidiofilm va telespektakllarda ham suratga tushgan: “Qulug' qon”da Yormat ota, “Diyonat” (Shobaratov), “Hamma narsa odamlarga qoladi” (Drozdov), “Bobur” (Muhammadjon) shular jumlasidan. Rahimov haqida “Nabi Rahimov hayotida ikki kun” “Uchrashuv” vidioocherklari ishlangan. 1950-65 yillar San'at institutida dars bergan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).1994 yil 23 noyabrda Toshkentda vafot etgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan