SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Aktyor Lev Sverdlin Naumovich tavallud topgan kun
1901-11-16

Lev Sverdlin Naumovich 1901 yil 16 noyabrda Astraxanda tug'ilgan. Xalq artisti (1954). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist (1944). 1921 yilda Moskvaga o'qishga jo'nagan. O'qishni tugatgach (1926), 1937 yilgacha Meyerxold, 1937-40 yillar Vaxtangov teatrlarida, Moskva drama teatri, 1954-67 yillar V.Mayakovskiy nomidagi teatrda ishlagan. Sverdlin o'zbek professional aktyorlarining birinchi muallimlaridan. U 1924-30 yillar moskvada birinchi va ikkinchi drama studiyalarida dars bergan. (“Qorovul uyqusi”, “Yorqinoy” spetakllarini sahnalashtirgan). Tixon (“Momaqaldiroq”), Poloniy (“Hamlet”), Xlebnikov(“Nomus qonuni”), Melodi (“Shoir qalbi”) va boshqalar sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridan, “Moskvadan yiroqda” (Zalkind), “Moviy dengiz yonida” (Yusuf), “Toqqa qochgan Alitet” (Alitet), “Yo'l” (Beimetov) kabi filmlarda suratga tushgan. Toshkentda onasi yashagani tufayli u O'zbekistonga tez-tez kelib turgan va milliy kinomizning shakllanishiga munosib hissa qo'shgan. 1943 yil Sverdlin “Nasriddin Buxoroda” filmida Xo'ja Nasriddin obrazini yaratgan. Shuningdek, Toshkent kinostudiyasida yaratilgan “Uning ismi Suxe-Bator” (“Mongolkino”, 1942) filmida ham Suxe-Bator rolini o'ynagan.1969 yil 29 avgustda Moskvada vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan