SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2022
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829  
Ingliz yozuvchisi Jonatan Svift tavallud topgan kun
1667-11-30

Jonatan Svift 1667 yil 30 noyabrda Dublinda tug'ilgan. Ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi. 1682-88 yillarda Dublin universitetining Triniti-kollejida tahsil ko'rgan. Ilk asarlari-“Vilyam Senkroftga qasida” (1690) va “Kongrivgaqasida” (1693). “Kitoblar jangi” (1697) pamfletining davomi “Bochka haqida ertak” hajviyasi (1704)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. “Movutchining xatlari” (1723-24) va “Kamtarin taklif” (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. “Dunyoviy suhbatchilar” (1738), “Malaylarga o'gitlar” (1745) kabi hajviyalari ham bor. Svift ijodidagi eng muhim va yagona roman – “Gulliverning sayohatlari” (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o'tkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy o'lkalar-liliputlar mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bog'liq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaidagi soqinlik, sudiyalarning adolatsizligi va boshqa qaboxatlarni hajviy-majoziy obrazlarda aks ettirgan. Svift satirasi uning ijodiga xos bo'lgan ma'rifatparvarlik asosida rivojlanib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini ta'kidlagan gumanistik pafos bilan chambarchas bog'liq. Svift 1745 yil 19 oktyabrda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan