SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Rus yozuvchisi Konstantin Simonov Mixaylovich tavallud topgan kun
1915-11-15

Konstantin Simonov Mixaylovich 1915 yil 15 noyabrda Peterburgda tug'ilgan. Rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Mehnat qahramoni (1974), M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1938). Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi o'rinbosari (1946-54), Kotibi (954-59;1967-79), “Новый мир” jurnali (1946-50; 1954-58) va “Литературная газета”, 1938; 1950-54) ning bosh muharriri. 2- jahon urushiga qadar N. Ostrovskiyga bag'ishlangan “G'olib” (1937), Pavel Chyorniy”, “Muz ustidagi jang” (1938), “Suvorov” (1939) dostonlari, “Chin insonlar” (1938), “Yo'lda yozilgan she'rlar”(1939) she'riy to'plamlari nashr etilgan. 1939 yildan urush mavzusi Simonov ijodining ustuvor yo'nalishiga aylangan. (“Bir sevgi tarixi”, 1940; “Shahrimizdan chiqqan yigit”, 1941, p'esalar). Urush mavzusi ayniqsa lirikasida katta mahorat bilan aks ettirilgan (“Lirik kundalik”, Sen bilan va sensiz”; “Front she'rlari”, 1942, to'plamlari). Simonov lirik she'rlardan tashqari “Rus kishilari”, “Shunday bo'lajak”pyesalari, “Kunlar va tunlar” qissasin yozgan. Simonovning urushdan keyingi yillarda xalqaro munosabatlarning keskinlashishi “Prga kashtanlari tagida”, “Rus masalasi”pyesalari, “Do'stlar va dushmanlar” she'rlar kitobida o'z ifodasini topgan. Simonov umrining oxirigacha urush va inson mavzusiga sodiq qoldi hamda “Quroldosh do'stlar” (1952), “Tiriklar va o'liklar” (1959), “Soldat bo'lib tug'ilmaydilar” (1964) va “So'ngi yoz” (1971) roman-trilogiyasini yaratdi. Simonov shuningdek, “Begona soya”, “To'rtinchi” p'evalari. “Vatan uzra dud”, “Lopatinning yozishmalaridan”, “Urushdan keyingi yigirma kun”, “Biz sen bilan uchrashmaymiz”, “Shaxsiy hayot, degin” va boshqa ko'plab qissa, ocherk, publisistik maqolalar muallfi. 1958-61 yillarda Toshkenda yashagan. Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa o'zbek yozuvchilarining asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Mirzacho'l haqidagi hujjatli film ssenariysini yozgan. Simonovning ko'pgina asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan