SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Raqqosa Rushana Ramilovna Sultonova tavallud topgan kun
1965-11-27

Rushana Sultonova Ramilovna 1965 yil 27 noyabrda Buxoro viloyati Gazli shahrida tug'ilgan. Raqqosa, Baletmeyster. O'zbekiston xalq artisti (1998). 1979-1984yillar xreografiya bilim yurtida o'qigan. Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1991). 1984-1994 yillar Navoiy teatrida, 1994-1998 yillar “Bahor” ansamblida, 1998-1999 yillar “Yetti go'zal” ansamblida, 2000 yildan “O'zbekraqs”da yetakchi raqqosa. Shuningdek, 2002 yil o'zi tashkil etgan (Sh.Vohidov bilan birgalikda) “Ey sanam” ansamblida faoliyat ko'rsatmoqda. Sultonova raqslari tabiiy talqini, musiqaviyligi, ohanga mos xirom etishi, yuqori raqs madaniyati bilan ajralib turadi. Sultonova barcha viloyatlar bo'yicha folklor raqslarni ijro etgan. “Doira chorlaydi”, Buxorocha”, “Qizbola”, “Xorazm raqsiningtug'ilishi”, “Bahor ayyomi”, “Noz-noz”, “Bonu-bonu”, “Sarvinoz”, “Orazibon lazgisi”, “Tanavor 2”, “Gulsanam”, “Uchrashuv”, shuningdek, tojikcha, afg'oncha, lo'lilar raqsi va boshqa ko'pgina xalqlarning raqslarini ijrochisi sifatida tanilgan. Sultonova haqida “Rushana Sultonova raqsga tushadi” filmlari (1986, telefilm, rejissyor Sh.Xo'jayev; rejissyor Davron Salimov) ishlangan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan