SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Amerikalik kimyogar Genri Taube tavallud topgan kun
1915-11-30

Genri Taube 1915 yil 30 noyabrda Saskatun, Kanadada tug'ilgan. Amerikalik kimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a'zosi (1959). Amerika fan va san'at akademiyasi a'zosi (1961). Stanford universiteti professori (1962 yildan). Asosiy ilmiy ishlari elektronlar ko'chishi reaksiyalari tadqiqotiga oid. Ilk bor (1940 yillar oxirida) suvdagi eritmada solvatlangan kation mavjudligini (3 valentli xrom ioni misolida) isbotlagan. Kompleks birikmalarning suvdagi eritmalari beqarorligi bilan ularning elektron tuzilishi orasidagi bog'liqlikni aniqlagan (1952). Molekulyar azot ruteniy kompleksining suvdagi eritmasi koordinasiyasida bir molekula suvning o'rnini egallashi mumkinligini isbot qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1983). 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan