SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Amerikalik yozuvchi Mark Tven tavallud topgan kun
1835-11-30

Mark Tven taxallusi; asl ism sharifi Semuel Lengxorn Klemens) 1835 yil 30 noyabrda Floridada (Missuri shtati) tug'ilgan. Amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik namoyandasi. O'spirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shug'ullanib, tirikchilik o'tkazgan, keyinchalik gazeta tahririyatlarida ishlagan. Folklyor syujeti asosida yozilgan “Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa” asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867 yilda Yevropa va Falastin bo'ylab sayohat qilgan.”Chet ellardagi sodda dil kishilar”(1869) yumoristik ocherklar, “Toblanganlar” (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan. “Zarhal asr” (1873, Ch.Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviy-siyosiy koorupsiya haqida, “Yaltiroq asr” (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yo'sinda yozilgan “Eski va yangi hikoyalar” (1875), “Tennesidagi jurnalistika” (1869), “Meni gubernatorlikka qanday saylashgani”(1870), “Qishloq xo'jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim” (1870) singari to'plamlariga kirgan asarlarida Amerika hayotining turli qirralari tasvirlangan.”Geklberri Finning boshidan kechirganlari” (1884) romanida amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonma-yon mavjudligi ko'zga tashlansa, “Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar” (1889) qissasida ijtimoiy qarama-qarshilik dunyosi qoralanadi. “Missisipidagi eski davrlar” (1875), “Missisipidagi hayot”(1883) kitoblari, “Shahzoda va gado” (1882), “Ovsar Vilьson” (1894), “Tom Soyer chet elda” (1894),”Tom Soyer-josus”(1897), “Sirli notanish odam” (1916) kabi roman va qissalar muallifi. Yozuvchining 1895 yildagi jahon bo'ylab sayohati “Ekvator bo'ylab” (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi shu jumladan “Qorong'ida o'tirgan odamga” (1901), “Harbiy ibodat” (1923 yilda nashr etilgan) asarlarida aks etgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan