SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Dirijyor Shamsiddinov Fazliddin tavallud topgan kun
1916-01-13

Shamsiddinov  Fazliddin  (1916.13.1 ,Buxoro – 1980, Toshkent) – dirijyor, O’zbekiston (1965) va  Qoraqalpog’iston 1973) xalq  artisti. Moskva  O’zbek  opera  studiyasini  1941), Toshkent  konservatoriyasini  (1956) tugatgan. Ijodiy  faoliyatini  O’zbek  davlat  musiqali  teatrida  xonanda  va  aktyor  sifatida  boshlagan (1929-34). Yangiyo’l  teatri  (1942-48), Muqimiy  teatri (1948-53), Navoiy  teatri (1956-61) da  bosh  dirijyor, O’zbek  davlat  simfonik  orkestri (1953-56), Navoiy  teatri (1941-42  va  1961 yildan), “O’zbekfilm”da  (1955-71) dirijyor. 1958 yildan  Toshkent  konservatoriyasi, 1970 yildan  Toshkent  teatr  va  rassomlik  san’ati  institutida  dars  bergan.

Shamsiddinovning  dirijyorlik  texnikasi  o’zining  aniqligi, ravonligi, musiqiyligi, ijro  uslubi  har  bir  obrazni  o’ziga  xos  musiqiy  tavsif  orqali  ifodalanishi  bilan  ajralib  turadi. Shamsiddinov  “Tohir  va  Zuhra” (T.Jalilov) kabi  musiqali  dramalar, “Layli  va  Majnun” (R.Glier, T.Sodiqov), “Maysaraning  ishi”(S.Yudakov), “Poltavalik  Natalka”(N.Lisenko), “Karmen” (J.Bize) , “Sug’d  elining  qoploni” (I.Akbarov)  singari  operalar,  “Momaqaldiroq  so’qmoqlarida”(Q.Qorayev), “Francheska  da  Rimina” (P.Chaykovskiy), “Bolero” (M.Ravel) va  boshqa  baletlarni  sahnaga  tayyorlashda  faol  qatnashgan  va  dirijyorlik  qilgan. U O’zbekiston  kompozitorlari  (M.Burhonov, I.Akbarov, C.Yudakov, S.Boboyev  va  boshqalar)  simfonik  asarlarining  birinchi  ijrochisi  va  targ’ibotchisi  sifatida  ham  tanilgan.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan