SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Dirijyor, kompozitor Xalilov Nabijon tavallud topgan kun
1922-01-06

Xalilov Nabijon ( 1922.6.1, Qo‘qon-2002.7.7, Toshkent) – dirijyor, kopozitor. O‘zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Hamza teatrida musiqa bo‘limi boshlig‘i (1952-56), O‘zbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957-64), “O‘zbekiston” ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (1965-68), 1968 yildan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida o‘nlab spektakllarni sahnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutida o‘qituvchi (1968 yildan), professor. ( 1968 yildan), kafedra mudiri (1970-91). “Baxt to‘yi” (Yo.Mirzo), A.Muhamedov bilan hamkorlikda “Olifta” (F.Musajonov), “Dilafruzga to‘rt oshiq” (T.Minnulin), “Sehrli uzuk” (S.Qoriev), “Toshkentga sayohat” (B.Darvesh) kabi musiqali drama va komediyalar musiqasini, shuningdek, “Jon O‘zbekiston” vokal-raqs syuitasi, “Nido” vokal-simfonik poemasi, “Toshkent gullari”, “Sevgilim-bahorim” va boshqa qo‘shiqlarni yozgan.

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2003.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan