SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2018
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122232526
2728293031  
Turk shoiri Nozim Hikmat Ran tavallud topgan kun
1920-01-20

Nozim Hikmat Ran 1902 yil 20 yanvarda Salonikida tug‘ilgan. Turk shoiri. “Quyosh ichganlar qo‘shig‘i” nomli dastlabki she’riy to‘plami Bokuda chop etilgan (1928). “Sakkiz yuzi o‘ttiz besh satr” (1929), “Varan-3” (1930), “Sasini yo‘qotgan shahar” (1931) she’riy to‘plamlari, “Jiokonda va Si-Ya-u” (1929) romani, “Bosh chanog‘i” (1932), “Unutilgan odam” (1935) pesalari dastlabki ijod namunalaridir. Shoir umrining aksar qismini quvg‘inda o‘tkazgan va jami 17 yil qamoqda yashagan. Shu davrda u 20-asrning o‘ziga xos poetik tarixi – “Inson manzaralari” (1941) epopeyasi, “Turmada xatlar” she’riy turkumi, “Bir sevgi afsonasi” (1965) hamda       “Yusuf va Zulayho” pesalarini yozgan. “Turkiyada” (1952), “Anoniy” (1955), “Bekat” (1958), “Tartyuf-59” (1959), “Damokl qilichi” ( xotini S.Tulyakova bilan hamkorlikda, 1960) kabi pesalar, she’lar va dostonlar muallifi. 1963 yil 3 aprelda Moskva shahrida vafot etgan.

 XX asr jahon She’riyati  T:. 2011


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan