SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt tavallud topgan kun
1736-01-19

19 yanvar — ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt (1736—1819) tavallud topgan kun. U universal issiqlik dvigatelini ixtiro qilgan. Jeyms Uatt Shotlandiyaning uncha mashhur bo‘lmagan Grinok shaharchasida dunyoga keldi. Uning otasi kemasozlik ishlari bilan shug‘ullanar, doim o‘z ishxonasiga dengizchilik asbob – anjomlarini yig‘ar, kichkintoy Jeyms esa ko‘plab vaqtini shu ustaxonada o‘tkazardi. Bolaning sog‘ligi tengqurlari bilan birga o‘qishiga xalaqit berardi. Shuning uchun ham Uatt hech qanday ma’lumot ololmadi. Garchi tengqurlari ichida matematikaga layoqati yaqqol ko‘rinib tursa-da.

O‘n to‘qqiz yoshlik Uattning Londonda bo‘lgan o‘n ikki kunlik sayohati unga navigasion asboblar tayyorlash ustaxonasiga shogird bo‘lib ishga kirishishiga sabab bo‘ldi. Bir yildan so‘ng Glazgo shaharchasida  u o‘zining shaxsiy ustaxonasiga ega bo‘ldi va universitet qoshida asbobsoz usta bo‘lib ishlay boshladi.  Kim biladi, u yana qancha yil “metalsoz” bo‘lib ishlab yurgan bo‘lardi, agar bir kuni universitet professorlaridan biri unga ingliz ixtirochisi olimi Nyukomen tomonidan ixtirosi qilingan bug‘atmosferasida ishlaydigan mashinani ta’mirlashni topshirmaganida. O‘sha paytlarda bu mashina shaxta va konlarda ishlatilardi. Uatt mashinani qismlarga bo‘lib, uning nomukammal ekanini tushunib yetdi. Uning qiziqishlari shu qadar kuchli ediki, shu mashinada boshqa narsa xayoliga kelmas edi. Shanba kungi sayrlari vaqtida u muhim narsani o‘ylab pishitdi: ishlab chiqilgan bo‘g‘ni mashina silindrini sovutmasdan qanday qilib bir joyga yig‘ish mumkin.

Shu lahzadan Jeyms Uattning yangi hayoti boshlandi. U yomon tashkilotchi edi va bunday ishlarni amalga oshiradigan sheriklarga ehtiyoj sezardi.  Bu vazifani britan sanoatchisi Metyu Bolton o‘z zimmasiga oldi. Kashfiyot o‘z ixtirochisini taqdirlaydigan kunlar keladi: Uatt—London qirollik jamiyati va xorijiy akademiyalarning a’zosi, katta yer-mulk egasi, tashvishsiz  sayohatchi bo‘lib yetishadi. Bolaligida kasalmand bo‘lgan Uatt keksaligida baquvvat edi va 83 yosh umr ko‘rdi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan