SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Fransuz olimi Jozef Lui Lagranj tavallud topgan kun
1736-01-25

25 yanvar kuni fransuz olimi Jozef Lui Lagranj (1736-1813) tug‘ilgan. U matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan.

                Lagranj Italiyada tug‘ildi va ota-onasining istaklari bilan advokat bo‘lish uchun Turin universitetiga o‘qishga kirishi belgilangan edi. Ammo metematika va astronomiya fanlari bilan yaxshi tanish bo‘lganligi bois aniq fanlarni zavq shavq bilan shug‘ullana boshlaydi. 17 yoshida Turin Artilleriya maktabida matematkada dars bera boshlaydi, 19- professor bo‘ladi.Uning ilk ilmiy nashrlari darhol Yevropa yirik matematiklari e’tiborini tortadi, hammasidan oldin Leonarda Eylerning. U Lagranjni avvaliga Berlin Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi sifatida saylashlariga erishadi, keyin uni Berlinga ko‘chib kelishga ko‘ndiradi. Lagranjning Berlindagi 20 yillik faoliyatini ilm-fan cho‘qqilari erishish davri desa bo‘ladi. Bu faoliyat Parijda bosilib chiqqan “Analitik mexanika” deb nomlangan mumtoz tadqiqotni yaratish bilan yakunlandi. Olimning Parijga ko‘chib kelishi Buyuk fransuz revolyusiyasi dariga to‘g‘ri keladi. Bu siyosiy ehtiroslar va voqealarga boy davrda taniqli olimlar bilan tanishish  Lagranjga yangi ilm ufqlarini ochadi. U hunar va ixtiro bilan shug‘ullanuvchilarning komissiya a’zosi etib tayinlanadi.  Yangi metr o‘lchovi ishlab chiqarish ishlarida faol ishtirok etadi. Bir vaqtda o‘zining “Analitik funksiya nazariyasi”, Funksiyalarni hisoblash haqida ma’ruzalar” tadqiqotlarini nashr etadi. Eylerning tadqiqotlarga tayanib u variasion hisoblashning asosiy tushunchalarini ishlab chiqadi. Lagranjning barcha tadqiqotlarini sanab o‘tish juda qiyin: uning matematika, mexanika va astronomiya bo‘yicha tadqiqotlari to‘plami 14 jildni tashkil etadi.

                Bugungi olimlar sayyoramizdan tashqarida yaratilishi lozim bo‘lgan industriyalar haqida jiddiy gapirishmoqda va bu masalani hal qilish uchun koinotda joylashtirish lozim bo‘lgan zavodlar haqida bosh qotirishmoqda. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha fazoviy qurilishlar “Lagranj nuqtalari” deb nomlangan masofalarda joylashtirilishi lozim. Ma’lumki uni buyuk olim Yer va Oyning o‘zaro harakatlarini tadqiq qilganida aniqlagan edi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan