SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
O`zbekiston xalq artisti va diktor Tuyg`unoy Yunusxo’jayeva tavallud topgan kun
1922-07-26

O`zbekiston xalq artisti va diktor Tuyg`unoy Yunusxo’jayeva 1922 yil 26 iyul kuni Toshkentda dunyoga keladi. 1958 yilda Toshkent pedagogika inisitutini tugatgan 1940-1941 yillar “Fan va turmush “ jurnalida xodim, 1941-1950 yillar Radio qo’mitasida diktor, 1950-1980 yillar bosh diktor, 1980-1985 yillar faxriy diktor bo’lgan. U radio to`lqinlaridan beriladigan eng muhim eshittirishlar, mumtoz va zamonaviy she'riyat bo`stoni, shuningdek, adabiy namunalarni kuchli his-hayajon, aniq talaffuz, shirali ovoz va mahorat bilan o`qigan. Navoiy, Bobur g`azallari, Umar Xayyom ruboiylari, Nodirabegim, Uvaysiy, Furqat, Lutfiy, Zebunniso lirikasi Yunisxujaeva ijrosida O`zbekiston radiosining oltin fondiga qabul qilingan. Tuyg`unoy Yunusxo’jayeva O`zbekistonda badiiy nutq madaniyatini oshirishga katta hissa qo`shgan. 1953 yilda O`zbekiston xalq artisti unvoniga sazovar bo’lgan. Diktor 1998 yil 16 noyabr sanasida Toshkent shahrida vafot etadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2005.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan