SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Dublin ingliz yozuvchisi, dramaturg Jorj Bernard Shou tavallud topgan kun
1859-07-26

Dublin ingliz yozuvchisi, dramaturg Jorj Bernard Shou 1859 yil 26 iyulda  tug’ilgan. 1871  yilda diniy maktabni  tugatgach, birmuncha vaqt ruxoniy bo’lib ishlagan. 1876 yilda Londonga ko’chib borib, jurnalistka va badiiy ijod bilan shug’ullangan. Dastlabki ramanlari “Misi chiqqan nikoh”, “Artist sevgisi”, Keshel Bayronning kasbkori”, “ Havaskor  sotsalist” 1881-1883 yillar chop etilgan. Shouning “Tul xonadonlari” (1882), “Yurakxo’r” (1884) ilk  pyesalari sahna yuzini ko’ra olmagan. Shu bois mualliflarni “Yoqimsiz pyesalari” (1898) nomi bilan nashr etilgan. Shundan so’ng Shouning “Yoqimli pyesalari “Qurol va  inson”, “Qandid”, 1894 yil “Taqdir arzandasi”, “Yashasak ko’rarmiz”, 1895 yil hamda  “Puritanlar  uchun  uchta  peysa”. (“Shaytonning shogirdi”, 1896- 1997 yillar, “Sezar va Kleopatira” 1898 yil, “Kapitan Brasbundning murojati” 1899 yil, to’plamlari e’lon qilingan. Ushbu pyesalarni yaratish jarayonida Shouning dramaturgik metodi uzil-kesil  shakillangan va “Ulug’ g’oyalar dramasi” sifatida shuhrat qozongan zamonaviy dramaturgiyaning asoschilaridan biri bo’lib qolgan. Jahon dramaturgiya tarixiga sermahsul dramaturglardan biri sifatida kirgan Shou 30 dan ziyod sahna asarlarini yaratgan. Shouning “Pigmalion” (1913), “Yuraklar vayron bo’layotgan xonadon” (1913-1919), “Olma ortgan arava” (1919), “Mafusail sari orqaga” (1918-1920), “Avliyo Ioanna” (1923), “Yomon bo’lsa ham, haqiqat” (1931), “Millioner ayol” (1936), “Jeneva” (1938), “Yaxshi qirol Karlning oltin kunlarida” (1939) kabi asarlari rang-barang mavzularga, turli janr ko’rinishlariga ega bo’lib, unda tarix va jamiyatda ro’y bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni turli nuqtai nazardan ko’rsatishga qaratilgan. Shouning gumanizm g’oyalari bilan sug’orilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhim voqea bo’lgan, jahon dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqiyotiga katta turtki bergan. Jorj Bernard Shou 1925 yil Nobel mukofoti laureati  bo’lgan. Avrim pyesalari o’zbek tiliga tarjima qilingan.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan