SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
O’zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov tavallud topgan kun
1921-07-26

O’zbekiston xalq rassomi  Rahim Ahmedov 1921 yil 26 iyul kuni Toshkentda tug’ilgan. Rahim Ahmedov 1937 – 1941 yillarda Toshkent badiiy bilim yurtini va 1947 – 1953 yillarda Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik insititutida ta’lim olgan. U 1953 yildan Toshkent teatr va rassomchilik san’ati insititutida o’qituvchi, 1976 yildan professor, 1965 – 1984, 1992 – 1994 yillarda O’zbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi rasi bo’lib faoliyat olib borgan. Rassom asarlari chuqur pisixologik ifodaligi bilan ajralib turadi, ularda ichki kechinmalar, his – tuyg’ular mohirona ifodalangan. Ijodini asosan portretlar chizish bilan boshlagan. “Qahramon ona” 1949 yil, “Cho’pon” 1952 yil, “Student qiz portreti” 1954 yil va boshqa asarlar shular jumlasidan. Rassom yaratgan portretlar “Ona o’ylari” 1956 yil, “Keksa kolxo’zchi portreti” 1956 yil, “O’zbek qizi portreti” 1958 yil, “Qashqadaryolik ayol” 1959 yil, “Mehnatda ham soldat” 1961 yil, “Surxondaryolik ayol” 1962 yil, “Muqumiy” 1968 yil, “Nigora” 1971 yil, “O’.Tansiqboyev” 1972 yil, “Lola portreti” 1979 yil, “Nabi Rahimov” 1983 yil, “Shuhrat Abbosov” 1987 yil va boshqalar o’zbek tasviriy san’atida portret janirining rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Uning  manzaralar asarlaridan “Bahor” 1964 yil, “Nahor.Oqtosh bahori” 1971 yil va boshqalar, naturmortlar “Naturmort” 1954 yil “Naturmort” 1965 yil va boshqalar ham yaratgan. Turli sharoitlarda aks ettirilgan ayollar obrazlari “Qo’shiq” 1964 yil, “Yanvar. 1924 yil” va boshqa asarlari ham jozibalidir. Uning asrlari O’zbekiston san’at muzeyi, Badiiy ko’rgazmalar direksiyasi, Sharq xalqlar san’ati muzeyi va boshqa muzeylarda saqlanadi. Asarlari 1948 yildan boshlab respublika va xalqaro ko’rgazmalarda namoyish etiladi. Rahim Ahmedov 1967 yil Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati, 1998 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni,  1961 yil O’zbekiston xalq rassomi unvoni va 1997 yil O’zbekiston Badiiy Akedemiyasining faxriy a’zosi bo’ldi. 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan